» » Yetakchilarini “Paxtakor”ga boy berayotgan “Nasaf”, 5 futbolchisini jamoada saqlab qoldi. Ular orasida Cheran ham bor

Yetakchilarini “Paxtakor”ga boy berayotgan “Nasaf”, 5 futbolchisini jamoada saqlab qoldi. Ular orasida Cheran ham bor


30-yanvar kuni Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off o‘yinida maydonga tushadigan Qarshining “Nasaf” klubi asosiy tarkibning besh futbolchisi bilan shartnomalarni uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Jasur Hasanov, Umar Eshmurodov hamda Sanjar Quvvatov yangi taklifga rozi bo‘lgan. Darvozabon Sanjar Quvvatov “Paxtakor” Eldor Suyunovni xarid qilgach, “Nasaf”ning asosiy posboniga aylangandi. Uning yordami bilan qarshiliklarni mavsumni vitse-chempion sifatida yakunlay oldi. Quvvatov “Nasaf”ning ketma-ket 11 ta o‘yin davom etgan g‘alabali seriyasiga katta hissa qo‘shib, 10 ta uchrashuvda darvozasini quruq saqlagandi.

Shuningdek, legioner futbolchilardan Igor Golban hamda Dragan Cheran ham “Nasaf” bilan yangi kelishuvlarga erishgan. Cheran 2017-yilgi mavsumning eng yaxshi legioneri sifatida to‘purarlar poygasida Marat Bikmayevdan keyin ikkinchi bo‘lgandi.

Yuqoridagi futbolchilar bilan shartnomalar qanchaga mo‘ljallangani borasida ma’lumot berilmagan. Bungacha Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z safiga qo‘shib olayotgan futbolchilari bilan shartnomalar qanchaga mo‘ljallanganini aniq aytib kelayotgandi.

“Nasaf” 9—22-yanvar kunlari Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan. 30-yanvar kuni Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Qarshida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qiladi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют