» » Apple eski iPhone’lar bilan bog‘liq mojarodan keyin milliardlab dollar yo‘qotadi

Apple eski iPhone’lar bilan bog‘liq mojarodan keyin milliardlab dollar yo‘qotadi


Apple korporatsiyasining eski iPhone modellari uchun batareyalarni almashtirib berish narxini 29 dollargacha tushirish (79 dollar o‘rniga) qarori kompaniyaga 10 milliard dollar miqdorida zarar keltiradi. Bunday xulosaga Barclays banki tahlilchilari keldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Apple ushbu chorani batareya ishining davomiyligini oshirish uchun smartfonlarning bir qator eski modellari ishini ataylab sekinlashtirib qo‘ygani bilan bog‘liq mojaro fonida qo‘llashi ma’lum qilingan edi.

Tahlilchilar o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, akkumulyatorning ishdan chiqishi yangi Iphone sotib olishning asosiy sababi hisoblanadi. Batareyani almashtirish endi arzonroq turishi va smartfon mahsuldorligini oshirishini hisobga olganda, ekspertlar taxmin qilishicha, 2018-yilda iPhone savdosi hajmi 16 million donagacha pasayib ketishi mumkin.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют