» » Oq uy: amerikaliklar Trampning emas, Kim Chen Inning ruhiy salomatligi haqida xavotirlanishi kerak

Oq uy: amerikaliklar Trampning emas, Kim Chen Inning ruhiy salomatligi haqida xavotirlanishi kerak


AQSh fuqarolari AQSh prezidenti Donald Trampning emas, balki KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ruhiy salomatligi haqida qayg‘urishi kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders jurnalistlar uchun brifingda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Bu mamlakat odamlari Shimoliy Koreya yetakchisining ruhiy ahvolidan xavotirlanishi kerak. U so‘nggi yillarda ko‘p marta raketalarni sinovdan o‘tkazib, ko‘p bora tahdidlarni ilgari surdi. Prezidentimiz qo‘rqib qolmaydi, zaiflik qilmaydi va Amerikaliklarni himoya qilishi haqidagi va’dasini bajaradi”, — dedi Sanders.

Shu tariqa u jurnalistning so‘rovi bilan Trampning o‘z yadro tugmasi Kim Chen Innikidan kattaroq ekanligi haqidagi gapini izohladi. Muxbir unga amerikaliklar yadro quroli haqida bunchalik osonlik bilan gapiruvchi AQSh “prezidentining ruhiy holati haqida xavotirlanishi kerakmi?” — deya savol bergan edi.

Avvalroq Tramp Kim Chen Inning o‘z stoli ustida yadro tugmasi turishi haqidagi bayonotiga javoban, Shimoliy Koreya xalqiga o‘z rahbarini Amerika davlati rahbarida ham shunday tugma borligi, ammo u “kattaroq ekanligi va ishlashi” haqida xabardor qilishni taklif etgan edi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют