» » Qo‘qondagi markaziy bozor chorrahasida piyodalar ko‘prigi ishga tushdi

Qo‘qondagi markaziy bozor chorrahasida piyodalar ko‘prigi ishga tushdi


Qo‘qon shahrining markaziy buyum bozori chorrahasidagi piyodalar ko‘prigi ishga tushdi, deb yozadi “Carzone.uz”. Ko‘prik qurilishi 3 yilga yaqin davom etdi.

Piyodalar ko‘prigi shahar markaziy buyum bozorining o‘ta serqatnov chorrahasida bino etilgan. Chorraha azaldan piyodalar bilan gavjum, xususan, yaqin-yaqingacha chakana savdo bozori tomonidan ko‘chani ko‘p sonli piyodalar oqimi tartibsizlik bilan kesib o‘tar edi.

Yangi piyodalar ko‘prigi yaltiroq panjarali, tomi ko‘k rangda, zinalari temir taxtalardan ishlangan. U chorrahaning uchta tomonini (chakana savdo bozori, ulgurji savdo bozori va oziq-ovqat bozori) birlashtiradi.

Qurilish uzoq vaqtga cho‘zilib ketgani o‘tgan yilning avgust oyida xalqaro Press-klubda tilga olingan va viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev 2018-yilda u foydalanishga topshirilishini aytgan edi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют