» » Toshkentda yuz bergan YTHda ikki nafar litsey o‘quvchisi halok bo‘ldi

Toshkentda yuz bergan YTHda ikki nafar litsey o‘quvchisi halok bo‘ldi


Toshkentning Yakkasaroy tumanida Spark avtomobili Captiva bilan to‘qnashib ketdi. YTH natijasida Spark haydovchisi va yo‘lovchisi — litsey o‘quvchilari halok bo‘ldi, deb yozadi UzNews.

YTH 29-dekabr kuni kechasi taxminan 00:30 da Yakkasaroy tumani hududida, Kichik halqa yo‘lida, Uzbekneftegaz avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida yuz berdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2000-yilda tug‘ilgan, Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyning 3-kursida o‘qiydigan haydovchi haydovchilik guvohnomasi va boshqa zarur hujjatlar bo‘lmagan holda Spark avtomobilini boshqargan. U bilan birga avtomobilda 2000-yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi, shuningdek, 1999-yilda tug‘ilgan, Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-kurs o‘quvchisi bo‘lgan.

Ehtiyotsizlik tufayli, yosh haydovchi Captiva avtomobili bilan to‘qnashib ketgan, uni esa 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqarayotgan bo‘lgan.

YTH natijasida Spark avtomobili haydovchisi va 2000-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Spark’ning 18 yoshli boshqa yo‘lovchisi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют