» » Foto: “Dilkash”ning o‘rnida qad rostlab, Toshkent bezagiga aylanadigan Mirabad Avenue

Foto: “Dilkash”ning o‘rnida qad rostlab, Toshkent bezagiga aylanadigan Mirabad Avenue


Britaniyaning Chapman Taylor arxitektura kompaniyasi Toshkentda premium-klassga mansub turar joy — Mirabad Avenue loyihasini amalga oshirmoqda. ArchiKultura’ning yozishicha, bu O‘zbekistonning elita turar joylar qurish tarixidagi eng katta inshootdir — u 5, 9 va 12 qavatli jami 16 binodan iborat bo‘ladi.

Yangi majmua Toshkentning Mirobod ko‘chasi bo‘ylab qad rostlaydi. Ma’lumot uchun, bu ko‘chadagi “Dilkash” kafesi va unga yondosh boshqa umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalari 2017-yil martida buzila boshlagan edi. Ularning o‘rnini ko‘p qavatli zamonaviy turar joy majmuasi egallashi o‘shandayoq ma’lum bo‘lgan edi.

Majmuada 834 ta kvartira bo‘lishi ko‘zda tutilgan, bu xonadonlar G‘arbda ommabop hisoblangan “aqlli uy” innovatsion tizimi bilan to‘liq ta’minlanadi. Tizim energiya resurslarining samarali iste’molini, uyning yuqori darajadagi muhofazasi hamda texnik xavfsizligini ta’minlaydi.

Mirabad Avenue hududida elit do‘konlar, restoranlar va kafelar ochilishi rejalashtirilgan. “Shaxsiy hayot ishonchli himoya ostida bo‘ladi: yopiq hovli, relaks hududlar, bolalar uchun maydonchalar”, — deb yozadi ArchiKultura.

Chapman Taylor ushbu loyihani O‘zbekistonning Golden House kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, majmua foydalanishga topshirilishi bilan (2020-yil birinchi choragida), Mirobod ko‘chasi haqiqiy shoping-avenyuga aylanadi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют