» » O‘zbekistonda sayyohlar uchun yangi avtobus yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda sayyohlar uchun yangi avtobus yo‘lga qo‘yildi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zavtosanoat” AK hamkorligida ishlab chiqarilgan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun mo‘ljallangan shahar ichki yo‘nalishidagi SAZ HD 50 rusumli avtobus faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Mazkur transport sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtai nazaridan mukammal ishlangan. Avtobusda konditsioner, televizor, Wi-Fi, internet, mikrofonlar mavjud bo‘lib, har bir o‘rindiq xavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan. Shuningdek, avtobusda videokamera ham o‘rnatilgan bo‘lib, bu sayyohlarning xavfsizligini yanada ko‘proq ta’minlashga xizmat qiladi.

“Bundan tashqari, 2018-yilning birinchi choragida MAN avtozavodi bilan hamkorlikda shaharlararo avtobus ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan bo‘lib, bularning barchasi mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish hamda turizm sanoatini yanada rivojlantirish uchun mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют