» » O‘zbekistonda Qur’oni Karim chop qilina boshladi (foto)

O‘zbekistonda Qur’oni Karim chop qilina boshladi (foto)


3-yanvar kuni “Hilol” nashriyoti O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchi bor Alloh taoloning Kalomi – Mus’hafi sharifni chop qilish boshlandi. Bu haqda “Islom.uz” xabar bermoqda.

Nashriyot Mus’hafi sharifni Misrdagi “Dor us-Salom” nashriyotining rasmiy ruxsati bilan nashr qilmoqda.

4-yanvar kuni Mus’hafi sharifning dastlabki sahifalarini chop qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimga Zohidjon domla Qodirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan Abdulhamid Tursunov, O‘zbekiston qorilari musobaqasi bo‘yicha O‘MI qoshidagi hay’at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay’at a’zosi Hasanxon qori Abdulmajid, “Fath” jome masjidining imom-xatibi Bahodir qori Rahmatulloh va boshqalar tashrif buyurdi.

“Qur’oni Karim tilovatidan so‘ng bu xayrli ishning bardavom bo‘lishini tilab xayrli duolar qilingach, dastgohlar ishga tushirilib, Mus’hafi Sharifning dastlabki sahifalari chop qilindi”,—deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют