» » Peruda avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi

Peruda avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi


Peruda 2-yanvar, seshanba kuni yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 51 kishi qurbon bo‘ldi. Tegishli ma’lumot 3-yanvar, chorshanba kuni Janubiy Amerika mamlakati sog‘liqni saqlash vazirligining Twitter’dagi sahifasiga joylandi, deb yozadi “TASS”.

“Qutqaruv operatsiyalari bo‘yicha markaz Pasamayo hududida 15:09 holatiga 51 jasad topilganligini ma’lum qildi. Drondan foydalanish YTH hududini oxirgi marta ko‘zdan kechirishni amalga oshirishga yordam berdi”, — deya ta’kidlanadi boshqarma xabarida.

Halok bo‘lganlar jasadlarini chiqarib olish bo‘yicha murakkab operatsiya bir sutkadan ortiq davom etmoqda.

2-yanvar, seshanba kuni 55 nafarga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi Panamerika shossesida Pasamayo hududida yuz metr balandlikdan jarga quladi. Mahalliy aholi yo‘l-transport hodisalari ko‘p yuz berishi tufayli bu hududni Iblis burilishi deb ataydi.

Avtobus yo‘lovchilaridan olti kishi tirik qolgan, biroq ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir yoki juda og‘ir sifatida baholanmoqda. Yo‘lovchilarning aniq soni hozirgacha noma’lum.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют