» » Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalikka nisbatan ayblovlar ilgari surildi

Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan amerikalikka nisbatan ayblovlar ilgari surildi


AQSh prezidenti Donald Trampning hayotiga tahdid qilgan Yuta shtatida yashovchi fuqaroga nisbatan ayblovlar ilgari surildi, deb xabar beradi “TASS”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli Trevis Lyuk Dominges dekabr oyining boshida mahalliy politsiya bo‘linmasiga elektron xat yuborib, unda Trampni o‘ldirishni istayotganini ma’lum qilgan.

“Men ertalab turib, prezidentni o‘ldirishga qaror qildim”, — deb yozdi u o‘z xatida. Shuningdek fuqaro agarda huquq-tartibot organlari xodimlari uni to‘xtatishga urinsa, ularni ham o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Shu kunning o‘zidayoq Dominges Oq uy rahbari hayotiga tahdid qilingan yana bir xatni politsiyaga jo‘natdi. Mazkur xatda fuqaro Trampni irqchilikda ayblagan.

Bundan tashqari, prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, Dominges ommaviy otishma tashkillashtirish va kinoteatrni portlatish bilan tahdid qilgan.

Hukumat vakillari erkak o‘z bayonotida ma’lum qilgan rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘lganini tasdiqlovchi dalillar borligini ma’lum qilgan.

Dominges 31-dekabr kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan prezident va huquq-tartibot organlari xodimlari hayotiga suiqasd qilish tahdidini tarqatish hamda politsiyaga yolg‘on ma’lumot berish kabi jami 11 ta punkt bo‘yicha ayblovlar ilgari surilmoqda.

Dominges har bir punkt bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют