» » Video: Lamborghini Huracan 1,3 million dona Swarovski toshlari bilan bezatildi

Video: Lamborghini Huracan 1,3 million dona Swarovski toshlari bilan bezatildi


Londonda Lamborghini Huracan superkari 1,3 million dona Swarovski toshlari bilan bezatildi. Britaniyaning Vinceri kompaniyasi tomonidan ishlangan avtomobil dizayner Dariya Radionovaga tegishli, deb xabar berdi “Motor”.

Avvalroq, Radionovaga tegishli Mercedes-Benz CLS 350 modeli ham million dona Swarovski kristallari bilan qoplangan edi. Avtomobilni bezash uchun bir nechta odam ikki oy davomida kuniga 12 soatdan ishlagan.

Radionovaning so‘zlariga ko‘ra, CLS’ni bu holga keltirish uchun 35 ming funt-sterling sarflangan. Mashina eBay orqali 154,6 ming funtga sotilgan edi. Huracan’ga qancha sarflangani esa ochiqlanmadi.

Lamborghini Huracan 610 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. Soatiga 100 kilometr tezlikka 3,2 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa 325 km/soatga teng.

Buyuk Britaniyada ushbu model 180 700 funtdan sotiladi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют