» » O‘zbekistonda har bir fuqaro bir marta hajga borishi mumkinligi belgilab qo‘yildi

O‘zbekistonda har bir fuqaro bir marta hajga borishi mumkinligi belgilab qo‘yildi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-son qarori bilan haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, hajga bormoqchi bo‘lgan fuqaro oldin hajga bormagan bo‘lishi lozim (oldingi talab so‘nggi 5 yil mobaynida hajga bormagan bo‘lishi kerak edi).

Umraga bormoqchi bo‘lgan fuqaro so‘nggi ikki yil mobaynida umraga yoki so‘nggi 5 yil ichida hajga bormagan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, mahallalarda hajga borishga nomzodlarni saralab olish uchun ishchi guruhlar tuziladi.

Haj tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibdagi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tuman bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari kiritiladi.

Hajga borishga nomzodlar navbatga qo‘yilishidan avval maxsus talablar asosida ishchi guruh suhbatidan o‘tkaziladi va saralanadi.

Buning uchun fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan nomzodlarning alohida ro‘yxati shakllantiriladi. Nomzodlarga ular suhbatdan o‘tkazish va saralash uchun ro‘yxatga qo‘shilgani hamda suhbatdan o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan xabar beriladi.

Ishchi guruh har oyning 5-sanasidan kech bo‘lmagan muddatda shakllangan ro‘yxat asosida hajga boradigan ziyoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun nomzodlarni suhbatdan o‘tkazadi va saralaydi.

Haj tadbiriga borishga navbatga qo‘yiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak bo‘ladi:

Hajga borishga navbatga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining binolarida e’lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Ishchi guruhlar nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikri va e’tirozlarini 5 kun muddatda tekshirishi lozim bo‘ladi.

Ishchi guruh jamoatchilik fikri asosida fuqaroni hajga boradigan ziyoratchi sifatida navbatga qo‘yish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 kun muddatda tavsiya beradi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют