» » Kataloniyadagi inqiroz Ispaniyaga 1 mlrd yevroga tushdi

Kataloniyadagi inqiroz Ispaniyaga 1 mlrd yevroga tushdi


Kataloniya mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazilishi tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz Ispaniyaga 1 milliard yevroga tushdi. Bu haqda mamlakat iqtisod vaziri Luis de Gindos ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Gindosga ko‘ra, to‘rtinchi chorakda Kataloniya iqtisodi o‘sishi 0,9 foizdan 0,4 foizgacha pasaydi.

“Oldinlari Kataloniyaning iqtisodiy o‘sishi butun Ispaniyadan ko‘ra yuqori bo‘lgan va u mamlakat iqtisodiyoti yetakchilaridan biri edi. Biroq to‘rtinchi chorakda avtonomiya dahmazaga aylandi”, — dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 3 mingdan ortiq kompaniya yuzaga kelgan muallaq vaziyat tufayli Kataloniyadan vakolatxonasini olib chiqib ketdi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют