» » Qonunchilik palatasida yangi qo‘mita — Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi

Qonunchilik palatasida yangi qo‘mita — Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yangi qo‘mita — Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bu haqda, “Xalq so‘zi” nashriga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Parlament quyi palatasining 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi majlisida yangi qo‘mitaning tarkibi tasdiqlandi. Unga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining a’zosi Inoyat Hojiyev raislik qiladi.

Yangi qo‘mita O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-dekabr kuni parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida tilga olingan masalalar yuzasidan tashkil etildi. Davlat rahbari sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlarni tanqid qilgan va Qonunchilik palatasiga ushbu sohadagi muammolarni hal qilishda ko‘proq e’tibor berish tavsiya etgan edi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют