» » Rossiyaning Xmeymim aviabazasida 7 ta samolyot yo‘q qilingani haqidagi xabarlar inkor qilindi

Rossiyaning Xmeymim aviabazasida 7 ta samolyot yo‘q qilingani haqidagi xabarlar inkor qilindi


Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasining o‘qqa tutilishi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Meduza” xabar bermoqda.

Rossiyalik harbiylar foydalanadigan bazani jangarilarning mobil diversion guruhi minomyotlardan o‘qqa tutgani ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, mudofaa vazirligi Xmeymimning o‘qqa tutilishi oqibatida yettita samolyotning yo‘q qilingani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroqligini bildirdi.

Vazirlik o‘t ochilishi oqibatida samolyotlarga qandaydir zarar yetkazilgani haqida ma’lumot bermadi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют