» » Donald Trampning noodatiy soch turmagining siri fosh etildi

Donald Trampning noodatiy soch turmagining siri fosh etildi


AQSh prezidenti Donald Trampning noodatiy soch turmagi soch ekish muolajalarining natijasi. Bu haqda, jurnalist Maykl Vulfning so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Jurnalist o‘z so‘zlarini prezidentning qizi Ivanka Trampdan ma’lumot olgani bilan asoslaydi. Uning “Olov va g‘azab: Tramp Oq Uyi ichkaridan qaraganda” deb nomlangan kitobida shu haqda so‘z yuritadi.

“Ivanka o‘z do‘stlariga bu savolning texnik tomoni haqida tez-tez so‘zlab berardi. Soch ekish muolajasidan so‘ng kal bosh atrofi va tepasidan jingalak sochlar bilan o‘ralgan. Ular hamma tomondan markazga qarab yo‘naltirilib, orqaga taralgan va gel bilan qotirilgan”, — deydi jurnalist.

Shuningdek, jurnalist Ivanka otasi sochining g‘ayrioddiy rangi haqidagi hikoyani ham tez-tez  so‘zlab berishini ma’lum qilgan.

Ivankaning so‘zlariga ko‘ra, buning hammasiga Just for Men vositasi sabab. U sochda qancha uzoq ushlansa, shuncha to‘qroq rang yuzaga keladi. Biroq Trampning besabrligi tufayli uning sochi doimo oq-sariq rangga kiradi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют