» » London — Mumbay reysi davomida janjallashgan Jet Airways uchuvchilari ishdan chetlatildi

London — Mumbay reysi davomida janjallashgan Jet Airways uchuvchilari ishdan chetlatildi


Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasi 1-yanvar kuni London — Mumbay reysi davomida kabinada janjallashgan ikki uchuvchini tekshiruv yakunlanguniga qadar ishdan chetlatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Boeing 777 London aeroportidan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay ro‘y berdi. Times of India nashri manbalariga ko‘ra, ikki uchuvchi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan va kapitan hamkasbining yuziga urgan. Shundan so‘ng ayol ko‘zida yosh bilan kabinani tark etgan.

Ekipaj a’zolari ikkinchi uchuvchini qaytishga ko‘ndirgan, biroq oradan hech qancha o‘tmay yana janjal kelib chiqqan va ayol ikkinchi bor shturval oldidagi joyidan ketib qolgan. Aytishlaricha, hamkasbini qaytishga ko‘ndirish uchun kapitan ham uchuvchilar kabinasini tark etgan.

Samolyot bortida uchuvchilar janjali chog‘ida 324 yo‘lovchi va 14 ekipaj a’zosi bo‘lgani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют