» » O‘zbekiston va Chexiya Prezidentlari diplomatik munosabatlarning 25 yilligi bilan bir-birini tabrikladi

O‘zbekiston va Chexiya Prezidentlari diplomatik munosabatlarning 25 yilligi bilan bir-birini tabrikladi


1-yanvar kuni O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘ldi. Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston – Chexiya hamkorligi tarixidagi ushbu sana munosabati bilan bir-birlarini qutladi, deb xabar beradi O‘zA.

Chexiya Prezidenti Milosh Zemanning qutlovida bunday deyilgan:

Muhtaram Prezident janoblari, Sizni O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan qutlash va o‘zaro munosabatlar rivojidan mamnun ekanimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar faollashgani va o‘zaro hamkorlikning mustahkamlangani biz uchun juda muhimdir. Shu sababli, mening Chexiya Respublikasiga tashrif bilan kelishingizni so‘rab yuborgan taklifimni qabul qilganingizdan g‘oyat mamnunman. Shuningdek, men Sizning savdo sohasidagi to‘siqlarni bartaraf etish va iqtisodiyotni rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston eshiklarini ochish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlayman. O‘zbekiston Respublikasi biz uchun muhim iqtisodiy sherikdir.

Chexiya rahbari “Siz va Sizning yangi hukumatingiz tomonidan nafaqat iqtisodiyotda, balki tashqi siyosat, adliya, demokratiya va inson huquqlari sohalarida boshlangan islohotlar naqadar katta g‘ayrat-shijoat bilan amalga oshirilayotgani ham tahsinga sazovor”, deb ta’kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida “O‘tgan davrda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va anglashuv an’analariga asoslangan yaqin va samarali hamkorlik shakllangani quvonarlidir. Turli sohalar va shakllarda ochiq va amaliy muloqot faol davom ettirilmoqda, savdo-iqtisodiy aloqalar, madaniyat va ta’lim sohalarida mazmunli almashinuvlar izchil rivojlanmoqda”, deb alohida ta’kidlagan.

U “O‘zbekiston Chexiya bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga qat’iy intilishini, amaliy hamkorlikning yangi dastur va loyihalarini birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlayman”, deb qayd etgan.

O‘zbekiston Prezidenti “oliy darajadagi bo‘lg‘usi muloqotlar O‘zbekiston – Chexiya hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish hamda ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi”, deb ishonch bildirgan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют