» » Toshkentda 3-yanvar kuni YHXB tomonidan 672 ta qoidabuzarlik aniqlandi

Toshkentda 3-yanvar kuni YHXB tomonidan 672 ta qoidabuzarlik aniqlandi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 3-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 672 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 11 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 9 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 22 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 6 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 43 ta odam tashish qoidalarini buzish, 44 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 3 ta bo‘ysunmaslik, 197 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 57 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют