» » Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida yana bir fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida yana bir fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi


Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida 1988-yili tug‘ilgan yana bir fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

“2-yanvar kuni soat taxminan 20:00 larda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Shayxontohur tumani hududida joylashgan ‘Anhor-Lokomotiv’ bog‘ida 1988-yilda tug‘ilgan Ilnur Radjapov to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 1,15 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib olindi”, — deyiladi xabarnomada.

Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют