» » BAA Tunis ayol fuqarolarining Emirates aviakompaniyasi orqali parvozlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

BAA Tunis ayol fuqarolarining Emirates aviakompaniyasi orqali parvozlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi


Birlashgan Arab Amirliklari o‘tgan yilning dekabrida Tunis ayol fuqarolarining Emirates Airlines aviakompaniyasi bilan parvoz qilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga qaror qildi, deb yozadi “RIA Novosti” BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligiga tayanib.

Dekabrda BAA hukumati hech qanday tushuntirishlarsiz Tunisning ayol fuqarolariga Amirliklar aviakompaniyalari orqali parvoz qilishni, shu jumladan, BAA orqali tranzitdan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan edi. Bunga javoban, Tunis Emirates’ga ushbu masala xalqaro huquqqa muvofiq tartibga solinmagunicha, mamlakatga uchib kelishni taqiqladi, shundan so‘ng Amirliklar hukumati taqiqning kiritilishini o‘z hududida tunislik ayollar ishtirokida terakt amalga oshirilishi mumkinligi haqida Tunis tomonidan axborot olingani bilan izohladi.

Shu bilan birga, BAA tashqi siyosiy muassasasi Tunis bilan hamkorlikni va Tunis tomonidan taqdim etilgan ma’lumotni yuqori baholadi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют