» » O‘zbekiston termasi Xitoyga ketishi oldidan “Paxtakor” uning yana bir futbolchisi bilan shartnoma imzolab oldi

O‘zbekiston termasi Xitoyga ketishi oldidan “Paxtakor” uning yana bir futbolchisi bilan shartnoma imzolab oldi


Himoyachi Xusniddin G‘ofurov faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida davom ettiradi. U bilan 2 yillik kelishuvga erishilgani borasida klub rasmiy sayti ma’lumot berdi.

G‘ofurov qatorasiga ikki mavsum Farg‘onaning “Neftchi” klubi sharafini himoya qilgandi. Mana shu ikki yili davomida himoyachi jami 19 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ravshan Haydarov tuzgan O‘zbekiston U23 termasida Xusniddin G‘ofurov asosiy himoyachilardan biri. Kecha — 4-yanvar kuni tunda futbolchi jamoasi bilan Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi. “Paxtakor” esa safar oldidan uni o‘z safiga qo‘shib olishni uddalay oldi.

Avvalroq Farg‘onaning “Neftchi” klubi tarqatib yuborilgani haqida xabarlar paylo bo‘lgandi. Shundan kelib chiqilsa, G‘ofurov “Paxtakor” uchun tekinga tushgan va erkin agent maqomida shartnoma imzolagan.

Futbolchi 1997-yilning 20-mart sanasida dunyoga kelgan. Osiyo Chempionatidan keyin biror-bir klub uni o‘z safida ko‘rishni istasa, G‘ofurovni “Paxtakor”dan sotib olishi kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют