» » Amerikada noma’lum erkak ijaraga olgan uyiga 250 kishini mehmonga chaqirdi. Airbnb esa uni butun umrga blokladi

Amerikada noma’lum erkak ijaraga olgan uyiga 250 kishini mehmonga chaqirdi. Airbnb esa uni butun umrga blokladi


Noma’lum erkak Airbnb servisi orqali Ogayo shtatining Seven Xills shahridagi uyni bir kechaga 40 dollar evaziga ijaraga olgan. Uyning 28 yoshli egasini bir nechta talabi bo‘lgan: masalan, uyda turli bazmlarni o‘tkazmaslik, shuningdek, ayrim xonalarga kirmaslik. Bu haqda Fox8 telekanaliga tayanib, TJournal xabar berdi.

Bu kabi cheklovlar ijarachiga bazm uyushtirishga xalaqit qilmadi: u Twitter’ga post joylashtirib, 5 dollar evaziga odamlarni Yangi yil bazmiga taklif qilgan. 30-dekabr kuni mehmonlar kelishni boshlaganini ko‘rgan uyning egasi vahimaga tushib, yotoqxonasiga yashirinib olgan.

Mehmonlarning besh nafari tahdid qilishni boshlagach, uyning egasi politsiyani yordamga chaqirgan. Yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari uy tashqarisida 30 ga yaqin odam yurganini ko‘rgan.

Uyning ichida esa salkam 250 nafar mehmon bo‘lib, ularning aksariyati alkogol ichimliklarni ichib, marixuana chekkish bilan shug‘ullangan.

Politsiya uy egasining shikoyatiga asosan, mehmonlardan bu yerni tark etishlarini so‘ragan, biroq ular politsiyani so‘ka boshlagach, xodimlar yordamchi kuchlarni chaqirishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng 20 nafar huquq-tartibot xodimlari yetib kelgan. Politsiyachilarning bir qismi, uyga boshqa odam kelmasligi ta’minlash maqsadida yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Barcha mehmonlarni tarqatib yuborish uchun bir soat vaqt ketdi. Politsiya ofitserlaridan biri mehmonlardan ayrimlari “bu kabi 5 dollarlik kechalar odatda politsiya kelguniga qadar davom etishini, shundan so‘ng ular boshqa uyga borishlari”ni so‘zlaganini eshitib qolgan.

Airbnb’ning ma’lum qilishicha, servisga nisbatan bu turdagi munosabat ba’zida hollarda uchrab turadi va ular kechirilmaydi. Shu sababli erkak endi hech qachon servis xizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek, unga nisbatan voyaga yetmaganlarga spirtli ichimlik tarqatish, yo‘llarda tirbandliklarni yuzaga keltirish hamda o‘zganing shaxsiy mulkiga zarar yetkash kabi ayblovlar bildirilishi mumkin.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют