» » BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh tashabbusi bilan Erondagi vaziyatni muhokama qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh tashabbusi bilan Erondagi vaziyatni muhokama qiladi


BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari 5-yanvar, juma kuni Erondagi vaziyatni muhokama qiladi. Ta’kidlanishicha, u ochiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Qozog‘iston yanvar oyida Xavfsizlik Kengashining vakil mamlakati hisoblanadi. G‘arb OAVlarining ma’lum qilishicha, yig‘ilishning o‘tkazilishiga AQSh tashabbus ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli AQSh Erondagi hodisalar tufayli Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi va Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining maxsus yig‘ilishini chaqirishini ma’lum qilgandi.

Eronda o‘tgan hafta norozilik aksiyalari boshlangan bo‘lib, uning ishtirokchilari mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga, shuningdek, mamlakat rahbariyatiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy fuqarolarni tinchlanishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют