» » Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi

Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi


Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktabi rahbarlari hamda joylardagi madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, bugungi kunda to‘ylarda milliy musiqa san’ati namunalari emas, xorijiy qo‘shiqlar yangrayotganini tanqid ostiga oldi.

Joylarda to‘ylarni mutaxassislar, mahalla vakillari emas, qandaydir noma’lum tashkilotchilar boshqarayapti. Nega to‘ylarda milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimiz durdonalari ijro etilmayapti? To‘ylarda asosan fono­gramma asosidagi ijrolarga keng o‘rin berilayapti. To‘y – bu bizning asrlar osha yashab kelayotgan ibratli an’ana va udumlarimiz aks etadigan tadbir sanaladi. To‘ylarga odamlar aslida to‘y egalarini qutlash, dil istaklarini bildirish, qadrdonlari, yaqinlari bilan diydorlashish, madaniy hordiq chiqarish uchun boradi. Lekin keyingi paytlarda to‘ylardagi milliy qadriyatlarimiz yo‘qolib ketayapti. To‘ylarga odam­lar, ayniqsa, ayollar istagan kiyimlarida – ochiq-sochiq liboslarda borishayapti, qandaydir xorijiy yoki ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan, matni g‘aliz, tushunarsiz, zamonaviy qo‘shiqlarni eshityapti. Qisqa qilib aytganda, to‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qolmoqda. Bu narsalarga chek qo‘yish vaqti keldi.

Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

Опубликовано: admin (5-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют