» » Surxondaryoda 14-yanvar kuni 9 tonnalik osh tayyorlanadi

Surxondaryoda 14-yanvar kuni 9 tonnalik osh tayyorlanadi


Surxondaryoning Denov tumani oshpazlari dunyodagi eng katta hajmli oshni tayyorlash bo‘yicha rekordni yangilash niyatida. Mahalliy oshpazlar og‘irligi salkam 9 tonna keladigan “megapalov”ni tayyorlashga ahd qildi. Bu haqda Denov tuman hokimligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

8-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivalida salkam 7360 kilogrammlik osh tayyorlanib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan edi.

Yangi rekord oshi Vatan himoyachilari kuniga (14-yanvar) atab, 2000 kishiga mo‘ljallangan stadionda tayyorlanadi.

“Megapalov”ni tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz jalb etiladi. Oshga 2000 kg mol go‘shti, 250 kg qo‘y yog‘i, 2200 kg guruch, 3000 kg sabzi, 250 kg piyoz, 210 litr o‘simlik, 250 litr zig‘ir va 100 litr pista yog‘i, shuningdek, 70 kg tuz, 240 kg no‘xаt, 100 kg mayiz, 5 kg zira va 5 kg qora murch kabi masalliqlar ishlatiladi. Mahsulotlarning umumiy og‘irligi deyarli 9 tonnani tashkil etadi.

Ushbu “megapalov” ham bundan oldingi rekord o‘rnatilgan qozonda tayyorlanadi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida yasalgan qozonning diametri 4,2 metrni, sig‘imi esa — 8,8 tonnani tashkil etadi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют