» » Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bemorlar bilan muloqot qildi va sharoitlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bemorlar bilan muloqot qildi va sharoitlar bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvoli, turmush sharoiti bilan qiziqdi, ular bilan muloqot qildi.

Yangiyo‘l tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining ilk binosi 1912-yilda qurilgan. So‘nggi binosi 1979-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari ma’nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bo‘lmoqda.

“Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qilish, salomatligini yanada mustahkamlashdir, — dedi Prezident. — Joylardagi ahvol bilan tanishayotganimiz, tibbiyot muassasalardagi sharoitlarni o‘rganayotganimiz kelgusida ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solishda yaxshi samara beradi”.

Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi hududi salkam 10 gektarni tashkil etadi. Davlat rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yo‘nalishda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalarini tashkil etish, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют