» » Moskvada ob-havo yomonlashgani tufayli Buxoroga uchishi kerak bo‘lgan samolyot ushlanib qoldi

Moskvada ob-havo yomonlashgani tufayli Buxoroga uchishi kerak bo‘lgan samolyot ushlanib qoldi


Oxirgi kunlarda Rossiya poytaxtida ob-havo sharoitlarining yomonlashgani tufayli Moskva aeroportlari ko‘plab reyslarni kechiktirishga yoki qoldirishga majbur bo‘lmoqda. Qoldirilgan va kechiktirilgan reyslar tegishli saytlarda berib borilmoqda.

Jumladan, “Yandeks. Raspisaniya”da keltirilgan axborotdan ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining HY 608 Moskva – Buxoro reysini amalga oshirayotgan Airbus 320 samolyoti “Domodedovo” aeroportida ushlanib qolmoqda.

Layner Moskva vaqti bilan 15:05 da (Toshkent vaqti bilan 17:05 da) uchishi kutilayotgan edi. Ammo parvoz qariyb bir soatga kechiqmoqda. Samolyot Moskva vaqti bilan 16:00 da (Toshkent vaqti bilan 18:00 da) havoga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют