» » Sirdaryoda 5 ta xo‘roz o‘g‘irlagan kollej o‘quvchisining jinoyati 3 yildan keyin ochildi. Yoshlar ittifoqi unga 3 mln kredit ajratishga va’da berdi

Sirdaryoda 5 ta xo‘roz o‘g‘irlagan kollej o‘quvchisining jinoyati 3 yildan keyin ochildi. Yoshlar ittifoqi unga 3 mln kredit ajratishga va’da berdi


Sirdaryo viloyatida bundan salkam uch yil muqaddam sodir etilgan mayda o‘g‘rilik fosh etildi, ammo voqea Yoshlar ittifoqi vakillarining yordami tufayli kutilmagan yechim topdi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

2015-yil 29-yanvar kuni fuqaro D.S. Sardoba tumani IIBga murojat qilib, 27-yanvardan 28-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning uyi hovlisiga kirganini, tovuqxonaning ichidan narxi 125 ming so‘mlik beshta xo‘rozini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan edi. Holat yuzasidan tuman tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan JKning 169-moddasi 2-kismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan edi. Ammo bir muddatdan so‘ng jinoyat fosh etilmagani sababli ish harakatdan to‘xtatilgan edi.

Olib borilgan tezkor tergov-surishtiruv ishlari natijasida 2018-yil 3-yanvar kuni jinoyatni 1999-yilda tug‘ilgan Sardoba tumani ijtimoiy-iqtisodiy kolleji o‘quvchisi Jasur Mamatov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) sodir etgani ma’lum bo‘ldi. Kelgusida shu va shunga o‘xshash jinoyatlarning oldini olish maqsadida Sardoba tumani Birlashgan MFY hududida joylashgan ijtimoiy-iqtisodiy kolejning ma’ruza zalida J. Mamatov sodir etgan jinoyatni huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va boshqa mutasaddi shaxslar ishtirokida yig‘ilish muhokamasi o‘tkazildi.

Jinoyatni sodir etgan kollej o‘quvchisi o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini aytib, kelgusida jinoyat sodir etmasligiga va foydali mehnat bilan shug‘ullanishiga muhokama ishtirokchilari oldida so‘z berdi. Uning va’dalarini tinglagan Sirdaryo viloyati yoshlar ittifoqi raisi Sh. Zayniddinov jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan o‘quvchiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida va uni to‘g‘ri yo‘lga undash uchun 3 million so‘m kredit ajratib berishda tashabbus ko‘rsatishini aytdi.

Muhokama yakunida mutasaddi xodimlar jinoyat sodir etgan o‘quvchiga nisbatan yuritilgan ish sudga oshirilmasdan, tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limida tugatilishi haqida kelishib oldi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют