» » AQShdagi musulmonlar soni 3,45 million kishiga yetdi

AQShdagi musulmonlar soni 3,45 million kishiga yetdi


AQShda so‘nggi yetti yil ichida musulmonlar soni 700 ming kishiga ko‘paydi, deb xabar beradi “TASS”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, islom diniga e’tiqod qiluvchi amerikaliklar hozirgi kunda mamlakat aholisining 1,1 foizini tashkil etadi.

“Biz 2007-yilda ilk marta AQShdagi musulmonlar sonini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazganimizda, ularning soni 2,35 million kishini tashkil etgan edi. Ulardan 1,5 million nafari katta odamlar edi. 2011-yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu raqamlar 2,75 million kishiga yetdi. Xususan, ulardan 1,8 million nafari kattalarni tashkil etdi. Keyingi yillarda esa ularning soni tug‘ilish koeffitsiyentining yuqoriligi va musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga ko‘chib kelishi ko‘paygani sabab ortib boraverdi”, — dedi Vashingtondagi tadqiqot markazi eksperti.

2050-yilga kelib AQShdagi islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni 8,1 million kishiga yetishi kutilmoqda.

2040-yilda esa islom dini AQShdagi asosiy diniy konfessiyalar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют