» » O‘zbekistonda noqonuniy forma kiyib yurish uchun jarima belgilandi

O‘zbekistonda noqonuniy forma kiyib yurish uchun jarima belgilandi


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 209-1 moddasi bilan to‘ldirildi. Modda vazirlik, idora va tashkilotlar formasini noqonuniy kiyib yurishga qarshi choralarni belgilaydi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Moddaga ko‘ra, bunday tashkilotlarning, shuningdek, harbiy xizmatchilarning formasini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar noqonuniy kiyib yurishi EKIHning 2–5 barobari miqdoridagi jarima, shuningdek, formaning musodara etilishi bilan jazolanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shu va boshqa qator o‘zgartirishlar Prezident tomonidan imzolangan “Davlat organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kafolatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasiningayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq kiritilmoqda.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют