» » Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgan Xitoy elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi


5-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida hamkorlikning barcha sohalaridagi keng qamrovli O‘zbekiston – Xitoy muloqoti jadal xususiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, 2017-yilning may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tarixiy davlat tashrifi va XXR raisi Si Szinpin va mamlakatning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi hamda davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning yuqori darajada ekanligini namoyish etdi.

O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ko‘p yillik muvaffaqiyatli faoliyati va mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli sohalarda va yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют