» » 2018-yilda Samarqandda 3200 gektar paxta maydoni qisqartiriladi

2018-yilda Samarqandda 3200 gektar paxta maydoni qisqartiriladi


Samarqand viloyati hokimligi 2018-yilda viloyatida qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyatda 2018-yilda yalpi hududiy mahsulot 20,6 milliard so‘mni tashkil etishi kutilmoqda (bu 2017-yilga nisbatan 108,9 foziga o‘sish demakdir). Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi, o‘tgan yilgiga nisbatan 6,5 foizga o‘sib, 5433,2 so‘mga yetadi.

O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi “2016—2020-yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 3200 gektar paxta va 1800 gektar boshoqli don ekinlarining maydonlari qisqartirilishi hisobiga qo‘shimcha ravishda 900 gektar kartoshka, 1868 gektar sabzavot, 450 gektar bog‘, 1465 gektar ozuqa ekinlari, 158 gektar moyli ekinlar, 159 gektarda tokzor barpo qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan viloyatda 225 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil qilinadi, 51 ta maktabgacha ta’lim muassasalari rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi, 64 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasalari quriladi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют