» » O‘zbekistonda nizolarni hal etishning muqobil shakli joriy etiladi

O‘zbekistonda nizolarni hal etishning muqobil shakli joriy etiladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Majlis “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan boshlandi. Mazkur qonun loyihasi mamlakatda nizolarni mustaqil shaxslar — mediatorlar ishtirokida bartaraf etishning muqobil usullarini rivojlantirish hamda sudlar zimmasidagi yukni yengillashtirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Deputatlarning ta’kidlashicha, nizolarni hal etishda mediatsiyani qo‘llash vaqtni tejash va nizolashuvchi tomonlarning – fuqarolar, tashkilotlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining sud xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Ular o‘zlari o‘rtasida yuzaga kelgan nizolarni sudgacha olib bormasdan, advokatlarni jalb etmasdan va sud muhokamasi bilan bog‘liq davlat boji va xarajatlarni to‘lamasdan o‘zaro manfaatli shartlar asosida o‘zlari uchun qulay joy va vaqtda tez hamda arzon hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shundan so‘ng deputatlar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.

Majlisda ta’kidlab o‘tilganidek, qonun loyihasi davlat xaridlari sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, amaliyotdagi mavjud qarama-qarshiliklar va eskirgan normalarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Deputatlar qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirishini alohida ta’kidladi. Chunonchi, qonun loyihasida davlat xaridlarining maxsus axborot portalini ochish nazarda tutilmoqda.

Shundan keyin deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to‘g‘risidagi Shartnomani (Samaraqand, 2017-yil 10-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Shartnomada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning davlat chegaralari tutashgan nuqtasining hududi joylashgan yer hamda tutashgan nuqta hududidagi davlat chegaralari liniyalari o‘tadigan joy belgilab qo‘yilgan, shuningdek, tegishli tavsif tuzilgan.

Shuningdek, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют