» » AQShda kinoakademiklar “Oskar”ga nomzod filmlarga ovoz berishni boshladi

AQShda kinoakademiklar “Oskar”ga nomzod filmlarga ovoz berishni boshladi


AQSh kinoakademiyasi a’zolari 5-yanvar kuni “Oskar” mukofotiga nomzodlarning ismi yozilgan byulletenlarni topshirishni boshladi. Bu haqda Gold Derby’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Kinoakademiklardan onlayn-arizalar 12-yanvarga qadar, ya’ni sakkiz kun davomida qabul qilinadi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, yilning eng yaxshi kartinasi nomiga 341 ta to‘liq metrajli badiiy film da’vogarlik qilmoqda. “Xorij tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun dunyoning 92 davlatidan fimlar qabul qilingan.

“Oskar”ning barcha toifalaridagi nomzodlarining nomi 23-yanvar kuni ma’lum qilinadi. Ovoz berishning final bosqichi 20-fevraldan 27-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblar nomi “Oskar”ning 4-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan 90-taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

AQSh kinematografiyasi fanlari va san’ati akademiyasi 6 mingga yaqin kino hamda boshqa soha arboblarini o‘zida birlashtirgan. Alohida yo‘nalishdagi nomzodlar tashkilotning tegishli bo‘linmalarining akademiklari tomonidan aniqlanadi, “Yilning eng yaxshi kartinasi” uchun esa barcha kinoakademiklar ovoz beradi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют