» » Meksikaning Syudad-Xuares shahrida bir kunda 15 kishi o‘ldirib ketildi

Meksikaning Syudad-Xuares shahrida bir kunda 15 kishi o‘ldirib ketildi


Meksika shimolidagi Chiuaua shtatida joylashgan Syudad-Xuares shahrida bir kun ichida kamida 15 kishi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Proceso’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qotilliklar turli joylarda amalga oshirilgan: avvaliga uch kishi, shundan so‘ng to‘rt kishi avtomobil ustaxonasi joylashgan uyda o‘ldirib ketilgan, keyin yana uch kishi avtomobil ichida otib tashlangan. Deyarli bir vaqtda shahar ko‘chalarining birida 15 yoshli o‘smir va bir erkak o‘ldirilgan, shuningdek, uch nafar ayol otib tashlangan.

Sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng, shahar xavfsizlik kuchlari favqulodda holatga keltirilgan.

Chiuaua shtatining hududida AQShga giyohvand moddalarni yetkazib beruvchi bir nechta jinoiy guruh faoliyat ko‘rsatadi. Bir necha yil oldin Syudad-Xuares dunyodagi jinoyatchilik eng ko‘p sodir bo‘ladigan shahar deya topilgan edi — o‘sha vaqtlarda shaharda har yili 3,1 ming odam o‘ldirib ketilgan.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют