» » Shavkat Mirziyoyev: Go‘sht narxi aslida 250 ming so‘m. Amallab narxni ushlab turibmiz

Shavkat Mirziyoyev: Go‘sht narxi aslida 250 ming so‘m. Amallab narxni ushlab turibmiz


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zAning xabar berishicha, unda Prezident nutq so‘zlagan.

“Xabar.uz”ning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqi davomida Toshkent viloyatidagi go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kilogramm go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, viloyatning Quyi Chirchiq tumanida yiliga 12 ming tonna baliq tayyorlaydigan baliqchilik xo‘jaligi barpo etilishi rejalashtirilgan.

“Bu orqali go‘sht narxi ma’lum darajada ushlab turiladi”, — deb yozadi “Xabar.uz”.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют