» » Rossiyada Lada’ning benzin tashuvchi mashina bilan to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Rossiyada Lada’ning benzin tashuvchi mashina bilan to‘qnashuvi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi


Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida MAN benzin tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan VAZ-2114 avtomobili haydovchisi va uning to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Interfaks”ning mahalliy Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasiga asoslanib xabar berishicha, hodisa 6-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 10:00 atrofida yuz bergan.

Yo‘l-transport hodisasi “Nijniy Novgorod — Saratov” yo‘lining 211-kilometrida yuz bergan. Qayd etishlaricha, halok bo‘lganlarning bari Nijniy Novgorod viloyatida istiqomat qiluvchilar bo‘lgan.

Avariya qanday yuz bergani haqida batafsil axborot hozircha yo‘q.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют