» » “Toshkent viloyati aholisi chiroq o‘chishi nimaligini bilmasin!”. Shavkat Mirziyoyev yangi GES qurilishini ma’lum qildi

“Toshkent viloyati aholisi chiroq o‘chishi nimaligini bilmasin!”. Shavkat Mirziyoyev yangi GES qurilishini ma’lum qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida hududda yangi gidroelektr stansiya qurilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada Shavkat Mirziyoyev viloyat elektr ta’minotidagi uzilishlarni tanqid qilgan.

“Odamlar Toshkent viloyatida chiroq o‘chishi nimaligini bilmasin! 80 ta transformator jadallik bilan ta’mirlanadi”, — deb aytgan Prezident.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi elektr ta’minotining istiqboli xususida ham ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tgan.

“Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida Toshkent viloyatida yangi gidroelektr stansiyasi qurilishini hamda yaqin besh yilda elektr energiyasining 32 foizini GESlar ta’minlashini, shunda elektr ishlab chiqarish arzonga tushishini ma’lum qildi”, — deb yozadi “Xabar.uz”.

Ayni vaqtda, yangi GES aynan qayerda qurilishi, uning quvvati va boshqa o‘ziga xosliklari haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют