» » Mirjalol Qosimov: Hozirgi kunda “Paxtakor” bizdan ko‘ra yaxshiroq sharoitga ega

Mirjalol Qosimov: Hozirgi kunda “Paxtakor” bizdan ko‘ra yaxshiroq sharoitga ega


Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Championat.asia” nashriga intervyu berib, jamoani tark etgan va etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar borasida fikr bildirdi.

Qosimovning aytishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 chiptasini qo‘lga kirita olmagani Otabek Shukurovga jiddiy ta’sir qilgan. Murabbiy fikriga ko‘ra, agar mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganida, Shukurov “Bunyodkor”ni tark etmagan bo‘lardi.

Shukurovning biz bilan shartnomasi tugagandi. Shuning uchun ham Amirliklarga ketdi.

Bunga qadar Shukurovni “Paxtakor” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istagandi. Biroq u xorij variantini ma’qulroq ko‘rdi. Uning qarorini to‘g‘ri tushunish mumkin. Futbolchining futboldagi umri qisqa bo‘ladi, shu sabab ham sharoitlari yaxshiroq klubda o‘ynashni istaydi. Biz futbolchilarga ayni paytda ular istagan sharoitni taklif qilolmaymiz.

Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Mutaxassisning qayd etishicha, “Paxtakor”dagi sharoit “Bunyodkor”dagidan yaxshiroq. Shuning uchun ham “sherlar” erkin agentga aylangan sara futbolchilarni bemalol o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Qosimov, shuningdek, “Paxtakor” Doston Hamdamovga qiziqib qolganini ham inkor qilmagan.

“Paxtakor” tarafdan Dostonga qiziqish bor. Futbolchining esa “Bunyodkor” bilan yana 1 yillik shartnomasi mavjud. Agar ikki tomon rahbariyati o‘zaro kelisha olsa, Hamdamov bu mavsumni yangi klubda o‘tkazishi ham mumkin.

Qolaversa, masalada Dostonning ham roli bo‘ladi. Agar u “Paxtakor”ga ketishni istasa, biz futbolchini majburlab olib qololmaymiz.

Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Sportda past-u balandliklar uchrab turishini va hammasi har doim ham bir tekis kechmasligini aytib o‘tgan Qosimov, ayni paytda bor e’tiborini akademiyadan yetishib chiqayotgan futbolchilarga qaratishga majburligini qo‘shimcha qilgan.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют