» » Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi

Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida hokimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Prezidentning qayd etishicha, endi hokimlar paxta ekish va uning yig‘im-terimi jarayoni bilan shug‘ullanmaydi.

Hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Ta’lim va ma’naviyat bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Paxtani klaster tizimi orqali ekamiz. Bu yil viloyatdagi to‘rtta tumanda klaster bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Xabar.uz”ning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish doirasida paxta xomashyosini bozor talablari asosida yetishtirish, narx-navoni shakllantirish va sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba boshlangani, kelgusida bunday tajriba butun O‘zbekiston miqyosida joriy qilinishini aytib o‘tgan edi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют