» » Boysunda qo‘y junidan inson uchun foydali modda olish yo‘lga qo‘yiladi

Boysunda qo‘y junidan inson uchun foydali modda olish yo‘lga qo‘yiladi


“Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasida qo‘y junidan farmatsevtika sanoati uchun noyob xomashyo — lanolin substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi rahbari M.Ochilovning so‘zlariga ko‘ra, bu modda sanoqli davlatlardagina ishlab chiqariladi. “Boysun tumanida ham sifatli, arzon lanolin substansiyasini ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo mavjud”, — deydi zona rahbari.

Ma’lumki, qo‘y terisi ostidagi bezlar nafaqat yog‘, balki yog‘simon modda – lanolin ham ishlab chiqaradi. Teri ustiga chiqqan yog‘ orqali ushbu modda qo‘y juniga yopishadi. Maxsus texnologiya yordamida yuvilgan jundan lanolin ajratib olinib, hidini ketkazish uchun qayta ishlov beriladi.

Xorijda bu jarayonni yaqindan o‘rganib kelgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar Boysunda zamonaviy texnologiya o‘rnatish istagini bildirgan. Hozirda uning biznes-loyihasi tayyorlanmoqda. O‘zAning yozishicha, bu chiqitsiz texnologiya bo‘lib, lanolini ajratib olingan jundan xalq xo‘jaligi uchun kigiz to‘qiladi.

“Mutaxassislarning fikricha, lanolin inson terisiga tez shimilish xususiyati bilan farmatsevtika va parfyumeriya sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shu bois undan farmatsevtikada shamcha va surtmalar tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida keng ishlatiladi”, — deb yozadi agentlik.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют