» » Afg‘oniston sharqida IShIDning kamida 14 jangarisi aviazarba natijasida yo‘q qilindi

Afg‘oniston sharqida IShIDning kamida 14 jangarisi aviazarba natijasida yo‘q qilindi


Afg‘oniston sharqidagi Lag‘mon viloyatida aviazarba oqibatida IShID terrorchilik tashkilotining kamida 14 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda, mamlakat politsiyasi vakiliga asoslanib, Tolo News telekanali xabar berdi.

“TASS”ning yozishicha, maxsus operatsiya 5-yanvar, juma kuni oqshomda Alingar tumanida o‘tkazilgan. Politsiya vakilining qayd etishicha, yo‘q qilingan jangarilar orasida terrorchilarning ikki nafar dala qo‘mondoni ham bo‘lgan.

So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning Lo‘gar, Nangarhor va Helmand kabi sharqiy va janubiy viloyatlarida, shuningdek, mamlakat shimoli (Qunduz, Jo‘zjon va Parvon)da diniy aqidaparastlarning mavqei sezilarli kuchaymoqda.

Ayni vaqtda, radikal guruhlarning dala qo‘mondonlari va oddiy jangarilari orasida IShIDga qasamyod qilish holatlari borgan sari ko‘paymoqda.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют