» » Muhammad ismi 2017-yilda Avstriyada qo‘yilgan eng ommabop ismlar uchtaligiga kirdi

Muhammad ismi 2017-yilda Avstriyada qo‘yilgan eng ommabop ismlar uchtaligiga kirdi


Muhammad ismi Avstriya poytaxti Venada tug‘ilgan yangi chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar uchtaligiga kiritildi, deb xabar beradi Kronen Zeitung gazetasi.

“Bu ma’lumot rasman tasdiqlanadi: mamlakatda 2017-yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar Aleksandr va Maksimilian bo‘ldi, Muhammad ismi esa reytingda uchinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ismning Muhamed, Muhammet, Mohamad, Muhammad va Muhammed kabi ko‘rinishlarining barchasi hisobga olingan.

Wiener Zeitung gazetasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni keltiradi. 2017-yilda Venada 175 nafar Aleksandr, 161 nafar Maksimilian va 159 nafar Muhammad ismli chaqaloqlar ro‘yxatga olingan.  Shuningdek, beshtalikka David (151) va Filip (137) ismlari ham kiritilgan.

Qiz bolalarga qo‘yilgan ismlar o‘rtasida Sofiya (183), Sara (173) va Anna (142) ismlari yetakchilik qilmoqda.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют