» » Usmonovning Dilbar’i, Abramovichning Eclipse’i, Dubay amirining Dubai’i va boshqalar: Dunyoning eng katta yaxtalari (fotogalereya)

Usmonovning Dilbar’i, Abramovichning Eclipse’i, Dubay amirining Dubai’i va boshqalar: Dunyoning eng katta yaxtalari (fotogalereya)


Boat International nashri dunyoning 200 ta eng uzun yaxtalaridan iborat reytingni e’lon qildi. “Vedomosti” reytingning birinchi o‘nta pog‘onasidan o‘rin olgan yaxtalar bilan tanishtirdi.

BAA amirlik oilalaridan biriga tegishli 141 metrli Yas o‘ninchi o‘rinni egalladi. 1978-yilda qurilgan yaxta 60 yo‘lovchi va 56 ekipaj a’zosini sig‘dira oladi.

To‘qqizinchi o‘rinda — “Yevroxim” direktorlar kengashi raisi (Rossiya) Andrey Melnichenkoning buyurtmasi bilan yasalgan Sailing Yacht A yelkanli yaxtasi. Uning uzunligi — 143 metr.

1865-yilda suvga tushirilgan 145 metrli El Mahroussa sakkizinchi pog‘onada joylashdi. Hozirda u Misr harbiy-dengiz floti tasarrufida bo‘lib, prezident yaxtasi sifatida xizmat qiladi.

147 metrli Prince Abdulaziz yaxtasi Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla buyurtmasi bilan 1984-yilda qurilgan. Uni yasash 184 million dollarga tushgan. Interyerning o‘ziga xos jihatlaridan biri — bosh palubadagi katta lobbi “Titanik” interyerini takrorlaydi.

Oltinchi o‘rindagi Topaz yaxtasi Prince Abdulaziz’dan 25 santimetrga uzunroq. U 2012-yilda mashhur arxitektor Tim Xeyvud dizayni bo‘yicha qurilgan.

Ummon sultoni Qobus bin Saidga tegishli 155 metrli Al Sa?d yaxtasi — beshinchi o‘rinda. U vertolyot maydoni, kinoteatr va konsert zaliga ega.

To‘rtincha o‘rinni, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, USM Holdings egalaridan biri Alisher Usmonovga tegishli 157 metrli Dilbar yaxtasi egalladi. U 40 nafar mehmon va 80 nafar ekipaj a’zosi uchun mo‘ljallangan. OAV uni taxminan 600 million dollarga baholamoqda.

Kattaligi bo‘yicha dunyoda uchinchi — Dubay amiri va BAA bosh vairi Muhammad ibn Rashid al-Maqtumga tegishli 162 metrli Dubai yaxtasi.

Ikkinchi o‘rinda — Roman Abramovichning buyurtmasi bilan 2010-yilda qurilgan 162,5 metrli Eclipse yaxtasi.

So‘nggi besh yillikning mutlaq rekordchisi esa 180 metrli Azzam yaxtasi bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, u BAA qirollik oilasi a’zosi buyurtmasi bilan qurilgan.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют