» » Hindiston shimolida avtotrassaga qor ko‘chishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolida avtotrassaga qor ko‘chishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi


5-yanvar kuni Hindiston shimolidagi Kupvara — Tandxar avtotrassasiga qor ko‘chishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, uch kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Noqulay ob-havo sharoitlarida alpinistlar, harbiylar va politsiya tomonidan bir sutkadan ko‘proq olib borilgan qutqaruv ishlari vaqtida uch nafar jarohatlangan fuqaro va 11 kishining jasadi (ulardan to‘rt nafari nahalliy aholi vakillari, yetti nafari esa Himolay tog‘lariga qo‘shni viloyatlardan dam olishga kelganlar edi) topildi.

Jammu va Kashmir viloyatining bosh vaziri Mahbuba Muftiy halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va Kupvara okrugi ma’muriyatiga jarohatlanganlarga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish haqida ko‘rsatma berdi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari 400 ming rupiya (6 ming dollar) miqdorida kompensatsiya oladi. Jarohatlanganlarga esa 12,6 ming rupiya (200 dollar) atrofida moddiy yordam beriladi.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют