» » Floridada ismi oshkor etilmagan shaxs lotereyadan 450 million dollar yutib oldi

Floridada ismi oshkor etilmagan shaxs lotereyadan 450 million dollar yutib oldi


Floridada Mega Millions lotereya biletini sotib olgan fuqaro 450 million dollar miqdorida jek-pot sovrindoriga aylandi, deb xabar beradi Forum Daily.

Fuqaro yutuq summasini birdaniga olishga qaror qildi, shuning uchun soliq summalari undirilgach, unga 281 million dollar tegadi.

Lotereyaning Floridadagi vakillarining aytishicha, bitta yutuqli Quick Pick lotereya bileti shtatning Port-Richi shahrida xarid qilingan edi.

“Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogar jek-pot yutilgan chiptani sotgani uchun 100 000 dollar miqdorida mukofot puli oladi”, — deyiladi xabarda.

Bu Mega Millions lotereyasining 15 yillik tarixidagi to‘rtinchi va Amerika tarixidagi o‘ninchi eng yirik jek-pot hisoblanadi.

Florida shtati qonunchiligida lotereya g‘olibi anonim bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, biroq g‘olibning shaxsi oshkor etilmagan.

Опубликовано: admin (7-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют