» » Buxoro Islom madaniyati poytaxti bo‘ladi

Buxoro Islom madaniyati poytaxti bo‘ladi


2007-yil Toshkent shahri Islom hamkorlik tashkilotining (ISESCO) “Fan, ta’lim va madaniyat” tuzilmasi tomonidan Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir.

Tashkilotdagi madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020-yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxti sifatida tasdiqlangan.

Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan. Uning “Qubbatul Islom”, ya’ni “Islom gumbazi” deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasining yana bir bor tasdig‘i hisoblanadi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют