» » Hindistondagi Sunniy madaniyat markazi anjumanining yopilish marosimidagi ilk nutqni shayx Ismoil Muhammad Sodiq so‘zladi

Hindistondagi Sunniy madaniyat markazi anjumanining yopilish marosimidagi ilk nutqni shayx Ismoil Muhammad Sodiq so‘zladi


Hindistonda Sunniy madaniyat markazining 40 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi. Xususan, Sunniy madaniyat markazining 40 yilligiga bag‘ishlangan tantanali anjumanning yopilish marosimidagi ilk nutqni “Hilol-nashr” nashriyoti direktori shayx Ismoil Muhammad Sodiq so‘zladi. Bu haqda “Info.islom.uz” xabar bermoqda. Nashr shayx nutqini to‘lig‘icha keltirib o‘tdi.

“Olamlar Robbi Allohga hamd bo‘lsin. Payg‘ambarlarning so‘nggisi va mursalinlarning oxirgisiga salovatu salomlar bo‘lsin. Fazilatli ulamolar, muhtaram mehmonlar va ushbu tantanada ishtirok etayotgan aziz birodarlar! Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuhu. So‘zimni bizni ushbu tantanaga taklif qilgan shayx Abu Bakr Ahmad va u kishining farzandlari shayx Muhammad Abdulhakim hafizahumallohlarga o‘zimning tashakkurim va minnatdorchiligimni yo‘llash va izhor qilish orqali boshlayman. Sunniy madaniyat markazining tashkil qilinganiga 40 yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilayotgan ushbu anjuman bilan barcha tashrif buyurgan fazilatli ulamolarni, muhtaram mehmonlarni muborakbod etaman. Xush kelibsiz,  qadamlaringizga hasanot.

Bilasizki, volidimiz, shayximiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh bundan uch yil muqaddam yurtingizni va ushbu muborak markazingiz — Sunniy madaniyat markazini ziyorat qilgan edilar. Ziyorat chog‘ida Sunniy madaniyat markazining 37 yillik bayram tantanalarida ishtirok etib, qator anjumanlarda nutq so‘zlagan edilar. Yurtimizga ushbu safardan go‘zal taassurotlar va ajoyib fikr-mulohazalar bilan qaytgan edilar. Qaytganlaridan so‘ng shogirdlari va talabalari bilan uchrashib, Sunniy madaniyat markazi va uning keng va turli sohalardagi faoliyati, mintaqa musulmonlari va ularning Islomga bo‘lgan iqbollari va mo‘tadil manhaj-vasatiyani mahkam ushlaganlari  haqida to‘lqinlanib, zavq va shavq bilan so‘zlab bergan va ko‘p hikoya qilgan edilar. Ana shunda bizda Hindistonning janubidagi islom va musulmonlar haqida ma’lumot hosil bo‘lgan, muborak markazingizning Allohning dini yo‘lidagi xizmatlari haqida ilk tasavvurga ega bo‘lgan edik. Allohning taqdiri ekan shayximiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari yurtingizni ziyorat qilganlaridan so‘ng oz muddat o‘tib vafot etdilar. Alloh u kishini o‘z rahmatiga olib, jannatiga doxil qilsin. O‘tgan yili shayx Muhammad Abdulhakim bizni ushbu muborak markazni ziyorat qilishga hamda o‘zaro birodarlik munosabatlari va aloqalarni mustahkamlash uchun chaqirgan edilar. Shu tariqa o‘tgan yili markazingizga tashrif buyurib, shayx Abu Bakr Ahmad hazratalarini va Sunniy madaniyat markazini ziyorat qilishga musharraf bo‘lgan edik. Tashrifimiz chog‘ida, markazingizning keng ko‘lamli faoliyati, turli sohalardagi ishlari va amalga oshirgan ko‘pdan-yutuqlari bilan tanishgan edik. Mana bugun biz ushbu muborak markazning 40 yillik tantana marosimlarida yana siz azizlar bilan ko‘rishib turibmiz. Bugun barchamiz shayx Abu Bakr Ahmad hazratlarining takliflariga labbay deb, Sunniy madaniyat markazining qirq yillik tantanalarida ishtirok etish uchun tashrif buyurdik. Men ushbu fursatdan foydalanib Sunniy madaniyat markazining mehnat jamoasiga, bu yerdagi barcha hodimlarga va mas’ullarga xususan, ushbu muassasaning raisi va ta’sischisi shayx Abu Bakr Ahmad hafizaxulloh xazratlariga ‘Hilol-nashr’ nashriyoti va O‘zbekistondagi musulmon birodarlaringiz nomidan otashin tabriklarni izhor qilaman. Alloh azza va jallada so‘raymanki, qator yetuk ulumolarni jamlagan ushbu muborak markazning faoliyatiga O‘z barakotini ato etsin! Allohdan azza va jalla bu markazga o‘zining ne’matlarini zohiru-botin shaklda bardavom qilsin. Alloh subhanahu va taolo bu maskandagi Allohning dinini aziz qilish yo‘lida bor kuch-qudratlarini safarbar qilayotgan mudarris va talabalarga sihhat-salomatlik va ofiyat ato etsin! Markazning barcha xodimlari va mas’ullariga omad va zafarlar tilayman. Alloh subhanahu va taolodan umid qilamanki, ushbu markaz qiyomat kuniga qadar ilm va ma’rifat, taqvo va iymon qubbasi bo‘lsin! Alloh azza va jalla bugungi tantanani go‘zal shaklda o‘tishini nasib etsin! Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!”

Опубликовано: admin (8-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют