» » Lionel Messi kuchli beshlikda gol urish borasida Gerd Myullerning rekordini takrorladi

Lionel Messi kuchli beshlikda gol urish borasida Gerd Myullerning rekordini takrorladi


“Levante”ga qarshi o‘yinda Lionel Messi o‘zining La Liga doirasidagi 400-uchrashuvini o‘tkazdi.

Shu kuni Messi o‘zining Ispaniya chempionatidagi 365-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ishi bilan argentinalik hujumchi kuchli beshlik milliy chempionatlari doirasida gol urish bo‘yicha afsonaviy Gerd Myullerning rekordini takrorladi. O‘z vaqtida “Bavariya” sharafini himoya qilgan Myuller Bundesligada aynan 365 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.

Bu yo‘lda nemis futbolchisi uchun 427 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Messi esa 400 ta o‘yindayoq rekordni takrorladi. Kelasi turlardan boshlab futbochli uni yangilash yo‘lida mehnat qiladi.

Messi “Barselona”ning rasmiy o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Uning hisobida hozircha jami 527 ta aniq zarba bor.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют